
Pxyonchxan-2018: 32 yoshli Frida Xansdotter Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi
Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan qishki Olimpiadaning bugungi kuni shvetsiyalik Frida Xansdotterning hayotida unutilmas kun sifatida yodda qoladigan bo‘ldi.
Gap shundaki, 32 yoshli sportchi bugun ayollar o‘rtasida kechgan slalom yo‘nalishida Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi. u hali faoliyatida davomida biror marta Olimpiada shohsupaga ko‘tarilmagan, hatto jahon chempionatlarida oltin medalna qo‘lga kiritmagan edi. Kumush va bronza medallariga Shveytsariya hamda Avstriya terma jamoasi vakilalari egalik qilishdi.
Tog‘ chang‘isi. Ayollar, slalom.
1. Frida Xansdotter (Shvetsiya)
2. Vendi Xoldener (Shveytsariya)
3. Katarina Gallxuber (Avstriya)
Fikrlar