
Pul kerak: “Barsa” eng yorqin yulduzlarini sotadi
“Barselona” rahbariyati moliyaviy inqiroz ta’sirini kamaytirish uchun o‘z yulduzlaridan birini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tribal Football nashri ma’lumot tarqatdi.
Unga ko‘ra, kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida Gavi yoki Pedrini transferga qo‘yishi mumkin. Har ikki o‘yinchining transfer summasi 100 million evro atrofida baholanmoqda va ularga xaridor ko‘p.
19 yoshli Gavi joriy mavsum 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi. Pedri esa, atigi ikki marta maydonga tushgan bo‘lsa-da, gollari hisobini ochib qo‘ygan.
Fikrlar