
PSJning chempionligini nishonlash vaqtida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi
PSJ Chempionlar Ligasida g‘alabasini nishonlash vaqtida Frantsiyada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ko‘plab rasmiy mahalliy manbalar xabar berishdi.
Finalda "Parij Seint-Germen" "Inter"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.
Le Parisien nashri RTL'ga tayanib xabar berishicha, Parijda o‘yindan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar chog‘ida yosh ayol skuterda ketayotgan paytda avtomobil urib yuborgan, natijada u halok bo‘lgan.
Shuningdek, Frantsiyaning janubi-g‘arbidagi Daks shahrida 17 yoshli o‘smirning o‘limi haqida ham xabar berilgan. RMC Sport manbasiga ko‘ra, u fan-zona yaqinida ko‘kragidan pichoq bilan yaralangan va shifoxonada olgan jarohatlaridan vafot etgan.
Fikrlar