
PSJga qarshi o‘yindan oldin "Barsa" muxlislariga ajoyib xushxabar bor
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike jarohatidan sog‘aydi va safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
34 yoshli futbolchi ertadan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Jarohati sabab 3 oy maydonga tusha olmagan Pike ertaga PSJga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final dastlabki uchrashuvida jamoasiga yordam berishi mumkin.
Pike joriy mavsum “Barselona” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar