
PSJga Koutino kerak emas, Tuxel Parijda Dembeleni ko‘rmoqchi
“Barselona” va PSJ klublari braziliyalik hujumchi Neymarning transferi masalasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashdi.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklarning Neymar uchun Filippe Koutino hamda 100 mln evrolik taklifi Frantsiya chempionini qanoatlantirmayapti. Parijliklar Koutino emas, balki Usmon Dembeleni xohlashmoqda.
Gap shundaki, PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Borussiya” Dortmundda Dembele bilan bilan birga faoliyat olib borgan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Shu boisdan ham aynan u Usmonni Parijda ko‘rmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, dastlab Dembele variantiga “Barselona” rozi bo‘lmagan edi, biroq aynan mana shu yo‘l har ikkala jamoa uchun ham manffatli ekani uchun ushbu variantni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan. Qolaversa, Dembelening o‘zi ham Parij klubiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Fikrlar