PSJ Tuxel bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 8 mart, 2019, 08:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida “Manchester Yunayted”ga (1:3, 2:0) imkoniyatni boy bergan bo‘lsada, jamoa rahbariyati bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Tecno

Unga ko‘ra parijliklar 45 yoshli germaniyalik mutaxassisga 2022 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Yangi shartnoma imzolansa, Tuxelning maoshi ham oshiriladi.

Ta’kidlash kerakki PSJning 1/4 finalga chiqa olmaganliklari klub rahbariyatining bu boradagi qarorini o‘zgartirmagan. Tuxel yaqin ikki hafta ichida parijliklarning taklifi borasida o‘z qarorini e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tuxelning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!