PSJ superto‘purar uchun xarajatdan qochdi

  • 23 iyun, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ kelasi mavsum oldidan jamoani tark etgan Lionel Messi o‘rniga ko‘p gol ura oladigan hujumchi transfer qilmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar A Seriya to‘purari Viktor Osimxenga og‘iz solmoqda. Bundan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan “Napoli” nigeriyalik hujumchining narxini oshirib yubordi.

Dastlab, o‘z o‘yinchini 150 million evroga baholagan neapolliklar endi Parij klubi xo‘jayinlaridan 180 million evro talab qilyapti.

Le Parisien nashrining yozishicha, PSJ Osimxen uchun bu qadar katta xarajat qilishga tayyor emas. Ular e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!