
PSJ super triodan iikitasining ketishini kutmoqda
"Foot Mercato" nashri xabariga ko‘ra, PSJ 2023 yilning yozida Messi va Neymarning ketishiga hozirlik ko‘rmoqda.
Frantsuz klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini yozda sotmoqchi. Hujumchining "JCh-2022"dan keyin bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlari, shuningdek, Neymar va PSJning boshqa futbolchilari o‘rtasidagi mojarolar, ayniqsa so‘nggi haftada avj olgan. 31 yoshli futbolchiga qaysi klublar qiziqish bildirayotgani hozircha ma’lum emas.
Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishiga shubha qilmoqda. Hali argentinalik parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, ammo hozircha hamma narsa uning Frantsiyada qolshishni istamasligidan dalolat bermoqda.
Rahbariyat Messining atrofidagilar bilan doimiy aloqada. Leo kelajagi haqida yakuniy qaror qabul qilish uchun Chempionlar ligasining ushbu mavsumdagi natijalarini kutishi kerak.
Joriy mavsumda Neymar PSJ safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, Messi barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda 15 ta gol va 14 ta golli pas berdi.
Fikrlar