
PSJ "Real"ning frantsiyalik yulduzini sotib olmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike "Real" yarim himoyachisi Eduardu Kamavingni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisning fikricha, frantsuz PSJ yarim himoyasini kuchaytiradi va jamoaga barqarorroq o‘ynash imkonini beradi. Shu bilan birga, Madridning "Real" klubi Kamavinganing jarohatlaridan xavotirda ekani aytilmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchida to‘rtta jarohat bo‘lgan, umumiy hisobda futbolchi tiklanish uchun 159 kun sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, Kamavinga Madrid klubi safida 2021 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining "Real" bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda frantsiyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar