PSJ "Real" yulduzini ham jamoaga olib kelmoqchi

  • 21 dekabr, 2022, 23:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Marko Asensio jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

"Media Foot" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik vinger xizmatiga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu transferni sport direktor Luish Kampush xohlamoqda. 

Asensioning "qirollik klubi" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil yozda yakuniga etadi. Marko hozircha kelajagi borasida bir qarorga kelmadi. Shuningdek, madridliklar ham bitimni uzaytirishga tayyor.

Joriy mavsum futbolchi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!