PSJ rahbariyati yozgi transferlar uchun qancha mablag‘ ajratdi?

  • 28 may, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning amaldagi chempioni – PSJ yozgi transferlar davrida qancha mablag‘ sarflashi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

RMC nashri tarqatgan xabarga qaraganda parijliklar rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga yangi futbolchilar sotib olish va jamoani kuchaytirish uchun 120 mln evrt ajratadi. Ta’kidlash kerakki, bu futbolchilar sotuvidan tashqari hisoblanadi. Agar PSJ yozda bir nechta futbolchisini sotib yuborishini hisobga olsak, bu boradagi mablag‘ yanada ortishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, PSJ joriy mavsum Frantsiya chempionatida g‘olib chiqdi. Biroq, mamlakat kubogi va liga kubogida, shuningdek, Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!