PSJ prezidenti Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanini yashirib o‘tirmadi

  • 8 dekabr, 2022, 23:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoaga "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshfordni olib kelmoqchi ekanini aytdi. 

Tecno

"U ajoyib futbolchi. Reshfordni tekinga qo‘lga kiritishni qaysi klub istamaydi, deya olasiz? 

Biz buni yashirib o‘tirmoqchi emasmiz. Uni shu yozda ham tarkibga qo‘shib olishimiz mumkin. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, faqat hozir emas. Sababi, hammaning e’tibori ayni dam Jahon chempionatiga qaratilgan", - dedi parijliklar prezidenti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!