
PSJ o‘yindan chiqdi!
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati A Seriya to‘purari Viktor Osimxeg uchun kurashmaydigan bo‘ldi.
Nigeriyalik hujumchi joriy mavsumda “Napoli”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Endi Evropaning grand klublari Italiya chempionat to‘purarini o‘z safida ko‘rmoqchi.
Neapolliklar etakchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Klub xo‘jayini 24 yoshli futbolchini 150 million evroga baholamoqda.
Jurnalist Fabris Xokinsning ta’kidlashicha, parijliklar afrikalik hujumchi uchun buncha katta mablag‘ni sarflashga tayyor emas.
Bundan tashqari, Viktor Osimxenning o‘zi ham kuchini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rishga qarshi emas. Chunki u “Napoli”ga kelgunga qadar, Frantsiya chempionatida “Lill” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar