PSJ Neymarni "Real"ga taklif qildi

  • 6 iyul, 2019, 16:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi o‘z forvardi Neymar xizmatlarini "Real Madrid"ga taklif qildi. Bu haqda "MARCA" nashri xabar berdi.

Tecno

"Barselona" bilan munosabatlari yomonlashgani tufayli parijliklar futbolchini Kataloniya jamoasiga qo‘yib yubormoqchi emas. Neymar "Barselona"ga qaytishini istamayotgan PSJ ikki bor "qaymoqranglilar"ga braziliyalikning transferi borasida murojaat qilishgan. Ammo "Real" futbolchini xarid qilishga qiziqmayapti. Hozirda "qirollik klubi"ning ish rejalariga Neymar kirmaydi.

Agar ertaroq Parij jamoasi bu transferni taklif qilganida "Real" futbolchini sotib olishi mumkin edi. Bundan bir necha oy oldin madridliklar Neymarga qiziqish bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!