
PSJ "Napoli" yulduzlariga ko‘z tikdi
Frantsiyaning PSJ klubi “Napoli”ga vinger Xvicha Kvaratsxeliya va forvard Viktor Osimxenlarni sotib olish uchun jami 200 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda “Corriero dello Sport” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, neapolliklar Xvicha bilan xayrlashmoqchi emas. Ammo 130 million evrolik taklif tushsa raxbariyat, aniqrog‘i shahsan jamoa prezidenti Aurelio de Laurentisning o‘zi bu masalani o‘ylab ko‘rishi mumkin. Viktor Osimxen bo‘yicha tushadigan har qanday taklif esa, darhol ko‘rib chiqilishining extimoli katta.
PSJ ushbu futbolchilarni o‘tgan mavsum yakunida jamoani tark etgan Kilian Mbappe, shuningdek, sarflangan millionlar va umidlarni oqlay olmagan hujumchi Randal Kolo Muani o‘rniga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xvichaning "Napoli" bilan tuzgan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Viktor Osimxenning mexnat shartnomasi esa, 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar