PSJ Messining yoniga “Barsa” futbolchisini olib kelmoqchi

  • 21 aprel, 2022, 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Gavini olib kelmoqchi.

Tecno

17 yoshli Gavi hali kataloniyaliklar bilan shartnomasini yangilagani yo‘q. Bu holatni PSJdan tashqari Germaniya va Angliyaning bir necha klublari sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Kelajagi porloq, deb ta’kidlanayotgan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Uni yozda olmoqchi bo‘layotgan klublar 60 million evro to‘lashi talab qilinmoqda.

Ispaniyalik o‘yinchi joriy mavsumda barcha turnirlarda  33 ta uchrashuv o‘tkazib, bir juft gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!