PSJ Messiga o‘rinbosarni “Barsa”dan oladi

  • 5 aprel, 2023, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Argentinalik yulduz maoshining pasayishiga rozilik bermadi.

Tecno

Aslida Lionel Messi “Barselona”ga qaytib ketish istagida. Parij klubida Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ko‘zi etmayapti.

Frantsiyaliklar jahon chempionining o‘rnini bosadigan o‘yinchi qidira boshladi. El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, PSJ xo‘jayinlari “Barselona”dan Usmon Dembeleni olib kelmoqchi.

Kataloniyaliklar Dembele bilan 2024 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan. Tomonlar yangi kelishuv borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

PSJdan tashqari “Bavariya” ham frantsiyalik hujumkor futbolchini qo‘lga kiritmoqchi. Dembelening transfer summasi 60 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!