PSJ Mbappe o‘rnini egallaydigan yulduz topib qo‘ydi

  • 27 iyun, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ baribir Kilian Mbappeni ushlab qololmasligini tan oldi. 24 yoshli hujumchi kelasi yili erkin agentga aylanishi bilan Madridga yo‘l oladi.

Tecno

Parijliklar Mbappe o‘rniga A Seriyada to‘purarlikni qo‘lga kiritgan Viktor Osimxenni olib kelmoqchi. PSJda nigeriyalik futbolchi va “Napoli”ni transferga ko‘ndirish uchun vaqt etarli.

Chunki Neapol klubi Osimxen uchun 180 million evro talab qilmoqda. Bu narxga futbolchi oladigan jamoa topilishi qiyin. Kelasi yili yozda Viktorning shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoladi va vaziyat o‘zgarishi, narx tushishi haqiqatga yaqin.

PSJ Viktor Osimxen uchun 120 million evro berishni ko‘zlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!