
PSJ Mbappe o‘rniga ikki superfutbolchidan birini oladi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe ketganidan keyin uning o‘rniga “Bavariya” yulduzlaridan birini oladi.
Parijliklar ana shu maqsadda taniqli futbol agenti Pini Zaxavi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar “Bavariya” futbolchilari – Robert Levandovski va Kingsli Komanni PSJga transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Bu ikki o‘yinchi eng asosiy nomzodlar sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, PSJda Krishtianu Ronalduni olish imkoniyati ham bor. Futbolchining agenti Jorje Mendes mijozini Parij klubiga joylashga harakat qilib ko‘rdi. Biroq bu transferga etarli darajada qiziqish bo‘lmadi.
Ta’kidlash joizki, PSJ “Real”ning Mbappe transferi bo‘yicha 160 million evrolik rasmiy taklifini rad etdi.
Fikrlar