
PSJ Lorisga qiziqib qoldi
Londonning "Tottenxem" klubi posboni Ugo Loris faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
AS nashrining yozishicha 32 yoshli posbonga PSJdan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Uning o‘zi ham Parijga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida APLda jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 33ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar