
PSJ kutilmaganda o‘z maydonida "Nant"ga yutqazib qo‘ydi (video)
Frantsiya chempionatining 29-turida PSJ o‘z maydonida “Nant”ni qabul qildi.
Parijdagi o‘yin kutilmaganda mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni “Nant” safida gollarni Randal Kolo-Muani (59') va Mozes Simon (71') kiritgan bo‘lsa, PSJning yagona goliga Yulian Draksler (42') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar