
PSJ katta pul taklif qilgan "Real" futbolchisi o‘z tanlovini ma’lum qildi
"Real" vingeri Vinisius Juniorga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "ABC" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, parijliklar braziliyalik futbolchiga yillik 17 million evro maosh taklif qildi. Biroq Junior bu taklifni rad etdi. Sababi, u doimo "qirollik klubi"da o‘ynashni va bu erda muvaffaqiyat qozonishni orzu qilgan.
21 yoshli iqtidor egasining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Shu kunlarda uni uzaytirish borasida muzokaralar davom etmoqda. Vinisiusning maoshi yangi mavsumda 8 million evroga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Fikrlar