
PSJ hujumchisi qishda jamoani tark etmoqchi
PSJ "Ayntraxt"dan 95 million evroga sotib olgan hujumchisi Randanl Kolo-Muani qishda jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Insayder Florian Plettenberg xabar berishicha, futbolchining o‘zi ham Parijdan ketishni isaytdi. Rahbariyat esa uni sotib olish bandi bilan ijaraga qo‘yib yuborishga tayyor.
Jurnalistning ta’ikdlashicha, "Liverpul" strayker haqida ma’lumotlar olgan. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Unga jiddiy qiziqish bildirayotgan klublar: "Tottenxem" va "Leyptsig".
Kolo-Muani PSJ bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Hujumchiga Luis Enrike ushbu mavsum kam o‘yin amaliyoti bermoqda. U 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki dona gol urgan.
Fikrlar