PSJ hujumchisi bo‘yicha har qanday taklif ko‘rib chiqmaydi!

  • 23 iyun, 15:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike yozgi transfer oynasida vinger Bredli Barkolaning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Frantsiyaning "L'Équipe" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis shaxsan o‘zi 22 yoshli futbolchining transferiga to‘sqinlik qilgan. Unga Germaniyaning "Bavariya"si va Angliyaning "Chelsi" klublari qiziqish bildirgan va jozibador takliflar bilan chiqqan. Ammo PSJ rahbariyati ushbu takliflarni ko‘rib chiqishga ham rozi bo‘lmagan.

Barkolaning o‘zi ham klubni tark etish niyatida emas. U joriy mavsumda 59 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 19 ta golli uzatma bilan jamoaga yordam berdi.

Transfermarkt portali frantsiyalik yosh futbolchining transfer qiymatini 70 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!