
PSJ Frantsiya chempionatida zaxirada 5ta futbolchi bilan 4ta o‘yin o‘tkazgan ilk jamoa bo‘ldi
Xabaringiz bor ayni damda PSJ Frantsiya chempionatining 28-tur qoldirilgan bahsida mehmonda “Nant”ga qarshi o‘yin o‘tkazmoqda.
Qizig‘i, bugungi o‘yinda parijliklar zaxira o‘rindig‘ida bor yo‘g‘i 5ta futbolchi bor. Bular Alfons Areolya, Kolen Dagba, Erik Ebimbe, Metexan Gyujlyu va Isaak Emanlardir.
E’tiborlisi, PSJ bu mavsum Frantsiya chempionati o‘yinlarida zaxira qaydnomasiga bor yo‘g‘i 5ta futbolchini kiritib 4ta o‘yin o‘tkazgan ilk jamoa bo‘ldi. Bungacha birorta jamoa zaxirada bu qadar oz futbolchi bilan o‘yin o‘tkazmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, agar PSJ bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.
Fikrlar