
Pro-liga debyutanti “Andijon-SGS” xorijda yig‘in o‘tkazadi!
“Andijon-SGS” bu yil o‘z oldiga Pro-liga musobaqasida munosib ishtirok etib, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etkazib berishni maqsad qilgan.
Bo‘lajak ikkinchi davra o‘yinlari boshlanishi oldidan jamoa ikkinchi davraga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishga xarakat qilmoqda. Murabbiylar shtabining tayyorgarlik rejasi va taklifiga binoan “Andijon-SGS” iyul oyining 5-20 kunlari Tojikiston davlatining Xo‘jand shahrida yig‘in o‘tkazishni maqsad qilgan.
"Mazkur xorij yig‘inini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad - futbolchilarning funtsional tayyorgarligini yanada kuchaytirish, qolaversa ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar