Prezident qishda "Barselona"ga 3 ta yangi futbolchi olib kelishga va’da berdi

  • 6 noyabr, 2021, 15:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta qishki transferlar rejasini ochiqladi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati jamoa muxlislari uyushmasi vakillari bilan kechki ovqat paytida, yanvar oyida uchta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni va’da qilgan.

"Barsa"ning asosiy maqsadlaridan biri yuragida muammosi bo‘lgan Serxio Agueroning o‘rniga munosib markaziy hujumchi topishdir. Laporta shuningdek, bo‘lajak transferlarning barchasi jamoaning yangi bosh murabbiyi Xavi bilan hamfikrlikda amalga oshirilishini alohida ta’kidlagan.

La Ligadagi maosh chegarasi tufayli “Barsa” yanvarda bir qancha futbolchilar bilan ham xayrlashmoqchi.

"Barselona" hozirda 16 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!