
Prevyu. "So‘g‘diyona" - "Andijon"
Bugun Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida "Andijon" maydon egalariga qarshi Superliganing 7-tur doirasida maydonga tushadi.
Ikkala jamoa O‘zbekiston chempionati tarixida 48 marotaba bellashishga ulgurishgan. “So‘g‘diyona”da 19, “Andijon”da 17 g‘alaba bor. 12 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 68\66 mezbonlar foydasiga.
“Andijon” Jizzaxda 5 marta g‘alaba qozongan va oxirgi muvaffaqiyati 2023 yilning 21 oktyabr sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda 1:2 hisobi qayd etilgan. O‘tgan yili esa "Burgutlar"ning “So‘g‘diyona” maydonida 1:1 natijasi kuzatilgan. “Andijon”dan gol muallifi Rustam Turdimurodov bo‘lgan.
Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yin 20:15 da boshlanadi.
Fikrlar