Prevyu. OKMK - "Neftchi"

  • 19 may, 11:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-tur bahsida Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" turnir jadvalida 22 ochko bilan karvonboshilik qilib kelayotgan Olmaliqning OKMK klubi mehmoni bo‘ladi. Bu bahs Superligada 10-turini yakunlab beruvchi, turnir yakka peshqadamini aniqlovchi muhim bellashuv. 

Tecno

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, OKMK  bilan "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida jami 30 marta raqobatlashgan bo‘lib, mazkur bellashuvlarda 8 marta OKMK, 14 tasida esa "Neftchi" ustunlik qilgan. 8 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Umumiy to‘plar nisbati 39-51 farg‘onaliklar foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda OKMKning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:0 bilan yakun topgan. 

Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

28.10.2024.
OKMK -"Neftchi"  1:2
26.08.2023.
OKMK -"Neftchi"  1:1
27.05.2022.
OKMK -"Neftchi"  3:1
15.09.2018.
OKMK -"Neftchi"  0:1
30.09.2017.
OKMK -"Neftchi"  1:2

Eslatib o‘tamiz, 19 may dushanba kuni Olmaliqda kechadigan OKMK - "Neftchi" uchrashuvini Temur To‘xtasinov boshchiligidagi  hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!