Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

  • 19 aprel, 07:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Superliganing 6-tur o‘yinida muxlislar o‘zbekcha mumtoz to‘qnashuv guvohi bo‘lishadi. Boisi, Farg‘onada ikki azaliy raqib - "Neftchi" va "Paxtakor" bellashuvi bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 60 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 28 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 97 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 16 tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 7 bahsda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. Etti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12 tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda "Sherlar"  muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 19 aprel, shanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 20:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
19/04/2025 09:07
Пахтакор хаётда НЕФТЧИ ни бир марта хам юта олмаган НЕФТЧИ ни айрим Судьялар ютган холос
&
Лочин2022
19/04/2025 17:44
Пахтакорга омад.Кандай йул билан булсахам факат галаба