Prevyu. "Andijon" - "Navbahor"

  • 24 iyun, 2024, 18:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

26 iyun kuni “Andijon” birinchi davraning so‘nggi turida “Bobur Arena”da “Navbahor”ni qabul qiladi. Vodiy derbisiga qiziqish doimgidek yuqori darajada. Turning markaziy o‘yini oldidan klublarning o‘zaro uchrashuvlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

Tecno

Shu paytgacha O‘zbekiston chempionati tarixi mobaynida “Andijon” va “Navbahor” 54 bor kuch sinashishgan. Demak, navbatdagi bellashuv 55-o‘yinga aylanadi. “Andijon”ning hisobida 12, “Navbahor”da 27 g‘alaba bor. Yana 15 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 51\77 namanganliklar foydasiga.

O‘tgan yili Namanganda mezbonlar 1:0 hisobida g‘olib chiqishgan. Ikkinchi davrada Andijondagi bellashuvda “Burgutlar”ning qo‘li baland kelgan – 2:1.

Shuningdek, shu yilning 21 aprel sanasida bu jamoalar Namanganda O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida kuch sinashishdi. Mezbonlardan Toma Tabatadze va Yovan Jokich gol mualliflari bo‘lishgan. “Andijon”dan Armin Boshnyak o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan.

Barcha muxlislarni 26 iyun kuni soat 20:00 da boshlanadigan vodiy derbisiga taklif qilamiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!