Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

  • 1 avgust, 2023, 21:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida o‘ynaydigan legionerlarimiz safi yana bittaga ko‘payadigan bo‘lyapti. “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev bundan buyon Moskvaning TsSKA jamoasi sharafini himoya qiladi.

Tecno

volga

“Paxtakor” klubi bosh direktori Dmitriy Adisman Rossiyaning nufuzli nashrlaridan biri Sport24 jurnalisti Vladislav Shapiro bilan suhbatda Faayzullaev transferiga oid so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

- Fayzullaev jamoa bilan xayrlashib, Moskvaga ketdi. U erda Abbosbek TsSKAga o‘tish uchun tibbiy ko‘rik va shunga o‘xshash jarayonlarda qatnashishi kerak.

Armiyachilar klubidan hali futbolchining transferini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni olganimiz yo‘q. Tez orada ular hujjatlarni rasmiylatiradi va shundan keyin Abbosbekning “Paxtakor”dan Rossiyaga klubiga o‘tganini rasman e’lon qilish mumkin, - dedi Dmitriy Adisman rossiyalik jurnalistga.

Abbosbek Fayzullaev bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi hisoblanadi. U  ikki mavsumdan beri “Paxtakor” jamoasining asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan edi.

19 yoshli o‘yinchi klublar miqyosida O‘zbekiston chempionatida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

Shuningdek, Fayzullaev Osiyo Chempionlar ligasida beshta o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi.

Iqtidorli futbolchi O‘zbekiston kubogi musobaqasida uchta bahsda ikki marta darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.

Abbosbek Fayzullaev Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, terma jamoamizning Argentina mezbonlik qilgan jahon chempionatidagi o‘yinlarida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qilib, bir necha klublar e’tiboriga tushdi.

U yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etila boshladi va uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p ham kiritdi.

Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev TsSKA klubi bilan shartnomaga imzolasa, Rossiya Premer-ligasidagi beshinchi futbolchimizga aylanadi.

Ma’lumki, bu mavsum Rossiya yuqori divizionida tajribali himoyachi Rustam Ashurmatov hamda Fayzullaev bilan birga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi etakchisi hisoblangan Umarali Rahmonaliev Qozonning “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bu futbolchilarimiz yanvar oyida “Rubin” bilan shartnoma imzolab, jamoaning birinchi ligadan yuqori divizionga ko‘tarilishiga yordam bergandi.

ca4e279874eb2d163b6a7e03db2f489564bc4fb522f1b664545222

Yana ikki vakilimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Ruslan Jiyanov “Nijniy Novgorod” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Yo‘ldoshev yosh bo‘lishiga qaramay, nijniy novgorodliklarning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Jiyanov esa, bu jamoaga endi qo‘shildi va hali murabbiylar shtabining ishonchini qozonish kerak.

Bir necha daqiqa kifoya qildi: Frantsiyada futbolchilar va muxlislar Husanovga tan berdi!

Shomurodov “Milan” hujumchilari bilan o‘ynaydigan bo‘lyapti

“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!