
Portugaliya terma jamoasini kim boshqarishi aniq bo‘lib ulgurdi
Roberto Martines Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, 49 yoshli mutaxassis Portugaliya terma jamoasini boshqarishi kutilyapti. Bu borada og‘zaki kelishuvga erishildi. Ispaniyalik murabbiy ushbu lavozimga tayinlash kelasi xafta oxirigacha amalga oshishi lozim.
Belgiya JCh-2022'da guruh bosqichida qolib ketganidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. U mazkur terma safida 2016 yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Santush Portugaliyani tark etdi. U bilan jamoa turnirning 1/4 finaliga qadar etib borgan.
Fikrlar