
Portugaliya Lyuksemburgni "yanchib tashladi"
Portugaliya "Evro-2024" saralash bosqichining navbatdagi turida Lyuksemburgga qarshi o‘ynab, yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Ronaldu dubl qilgan bo‘lsa, Silva, Felish, Otavio va Leaular o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Portugaliya o‘z guruhida yaqqol peshqadamga aylandi.
Fikrlar