
Portugaliya futbol federatsiyasi Urugvayga urilgan birinchi gol Ronalduga yozilishini xohlamoqda
Portugaliya futbol federatsiyasi Urugvayga qarshi o‘yindagi birinchi gol Krishtianu Ronaldu hisobiga yozilishini istamoqda.
Jurnalist Edu Agirrening yozishicha, FPF jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Urugvay jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda birinchi gol Ronaldu tomonidan urilgani haqida FIFAga dalillarni yuboradi.
Bellashuvning 54-daqiqasida Portugaliya uchrashuvda hisobni ochdi. Avvaliga gol Ronaldu nomiga yozildi, keyinroq esa 37 yoshli futbolchi to‘pga boshi bilan tegmagani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, gol uzatma amalga oshirgan Brunoga qayta yozildi.
Fikrlar