Polvonlarimiz jahon chempionatida birinchi o‘rinda bormoqda

BEPUL PROPAN

Ayni paytda Rossiya federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar  o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 
Mazkur jahon chempionatida 30 dan ortiq davlatlardan sportchilar ishtirok etishmoqda.

Quvonarlisi, kecha 11 noyabr kuni start olgan ushbu jahon chempionatida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov, ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Txak hamda yoshlar terma jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov  boshchiligidagi polvonlarimiz munosib ishtirok etishmoqda. Xususan, kechagi belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida ishtirok etgan erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz 4 ta oltin, 2 tu kumush va 2 ta bronza medalani qo‘lga kiritib, 30 ta davlat sportchilari orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 


Oltin medal 
57 kg. Jamoliddin Ne’matullaev 
52 kg. Farangiz Abdunabieva
58 kg. Manzuraoy Mo‘ydinova 
66 kg. Dilafro‘z Mamajonova


Kumush medal
68 kg. Oybek Sultonov
82 kg. Jahongir Hayitov


Bronza medal
75 kg. Nusrat Sultonboev
76 kg. Lazzat To‘laberganova. 


Bugun 12 noyabr musobaqaning ikkinchi kunida kattalar o‘rtasida belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishida 8 ta medallar jamlanmasi uchun bellashuvlar o‘tkazilmoqda. 
Reglamentga ko‘ra,  ertaga yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarga start beriladi. Jahon chempionatiga yo‘l olgan sport delegatsiyamizga O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qilmoqda. Jahon chempionati 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!