Pol Pogba: Meni kutmanglar!

  • 11 may, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba o‘ziga “Manchester Siti”dan bo‘lgan jiddiy taklifga javob berdi.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli yulduz “shaharliklar”ga rad javobini bergan. Avvalroq, frantsiyalik yarim himoyachi Xosep Gvardiola bilan ishlashga qiziqayotgani ma’lum qilingandi.

Ayni paytda Pogbaga “Yuventus”, “Real” va PSJdan taklif bor.

Pogbaning hozirgi jamoasi bilan hamkorligi 30 iyun kuni tugaydi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik futbolchi jarohati bois bu mavsum boshqa maydonga tushmasligini bildirgan.

Pol Pogba “Yunayted” safida 27 marta maydonga tushib, bitta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!