Pogbadan yana yuz o‘girishdi

  • 14 fevral, 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya futbolining eng yorqin yulduzlaridan hisoblangan Pol Pogba doping mojarosidan keyin mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Bahorda futbolchiga rasmiy uchrashuvlarda qatnashishga ruxsat beriladi.

Tecno

Eng katta masala – Pol Pogba o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin “Yuventus” yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Pogbaga “Fiorentina” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq bu klub rahbariyati tezda fikrini o‘zgartirdi. Chunki ular Pogbaning jismoniy tayyorgarligi talab darajasida emas, degan xulosaga kelgan.

Ma’lumki, Pol Pogba doping tekshiruvi natijasida to‘rt yilga futboldan chetlatilgan edi. Biroq Sport arbitraj sudi bu muddatni 18 oygacha qisqartirdi.

Endi tajribali yarim himoyachi o‘ziga yangi jamoa topsa, professional futbolchilik faoliyatini qayta tiklaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!