
Pogbadan voz kechishdi
“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba uchun kurashdan chiqdi.
Marca nashrining xabar berishicha, madridliklarning bu qarorga kelishiga frantsiyalik yarim himoyachining moliyaviy talablari o‘ta yuqoriligi sabab bo‘lgan. Garchi Pogba Madridga yozda erkin agentga aylanganidan keyin bepul kelishi kutilayotgan bo‘lsa-da, “Qirollik klubi” uning maoshini ko‘tara olmaydi.
Pogba 2016 yildan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Angliya klubi tajribali o‘yinchini yangi bitimga ko‘ndira olmayapti. Pogba bir necha bor “Real”da o‘ynamoqchi ekanini aytgan.
Joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga ettita golli pas oshirgan futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
Fikrlar