
Pogba: Qarshimda “Liverpul” tursayam, ro‘zamni buzmayman!
Bugun tunda “Manchester Yunayted” 30-turning qoldirilgan uchrashuvida “Liverpul” mehmoni bo‘ladi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa etakchilaridan biri Pol Pogba muhim uchrashuv kuni ham Ramazon ro‘zasini tutishni to‘xtatmasligini uqtirganini ma’lum qildi.
Pogba professional futbolchi sifatida ro‘za tutishga ko‘nikib qolgan. U bilan bu borada alohida suhbatlashganim yo‘q, lekin ro‘za uning o‘yiniga ta’sir qilmaydi. Bilishimcha, u ro‘za tutishni davom ettiryapti.
Mening avvalgi klublarimda ham ro‘za tutadigan o‘yinchilar ko‘p bo‘lgan. Men “Liverpul”ning kamida bitta o‘yinchisi doim ro‘za tutishini bilaman va bu ham mening shogirdim Ibraim Konate edi, -dedi Ralf Rangnik.
Bo‘lajak to‘qnashuvda “Liverpul” uchun g‘alaba chempionlik kurashini davom ettirishi uchun juda zarur. “Manchester Yunayted” esa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkonini saqlab qolishni istasa, albatta yutishi kerak.
Fikrlar