Pogba ketyapti

  • 14 yanvar, 2022, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pol Pogba “Manchester Yunayted” bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi. Frantsiyalik yulduzning amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, tajriba yarim himoyachi yozda erkin agent maqomini olganidan keyin PSJ safiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Pogbaning Manchester ketishi unga Ralf Rangnik yoqmasligi bilan izohlanmoqda.

Ayni paytda jarohatini davolayotgan futbolchiga PSJ va “Real” asosiy da’vogar edi. Biroq, madridliklar yozda asosiy e’tiborini Kilian Mbappe va Erling Xoland bilan shartnoma tuzishga qaratadi.

Parij klubi esa Pogbani olib kelishga rozi. Unga katta maosh va’da qilinmoqda.

Pogba joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, ettita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!