
Podolski yapon klubidan ketdi
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lukas Podolski Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli futbolchining yapon klubi bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etgani bois jamoani tark etgan.
Ma’lumot uchun, Podolski “Vissel Kobe” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 60 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar