Pleymeyker darvozabonlar. "Valensiya" posboni ham bu ro‘yxatga qo‘shildi

  • 12 dekabr, 2021, 13:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" darvozaboni Yasper Sillessen Ispaniya chempionati doirasida "Elche"ga qarshi bahsda samarali uzatma amalga oshirdi. 

Bu 32 yoshli niderlandiyalikning La Ligadagi ikkinchi assisti bo‘ldi. 

U yigirma birinchi asr darvozabonlari orasida Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»), Yassin Bunu («Sevilya»), Ivan Kuelyar («Leganes») va Antonio Adan (sobiq «Atletiko» va «Betis» darvozaboni) kabi posbonlar bilan bir xil ko‘rsatkichga ega. 

Bu natija bo‘yicha "Malorka", "Deportivo" va "Rasing" klublari sharafini himoya qilgan Dudu Avat 3 ta golli uzatma bilan peshqadamlik qilmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!