Pike: Biz EChLda favorit emasligimiz tabiiy hol

  • 5 noyabr, 2020, 15:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Dinamo" Kiev uchrashuvi kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jamoa etakchisi Jerar Pike o‘yindan keyingi fikrlarini "Movistar" kanaliga bergan intervyusida bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Birinchi taymda biz yaxshi harakat qildik. Keyin esa nazoratni yo‘qotdik va asabiylasha boshladik. Raqib bizga qiyinchiliklar tug‘diridi. Eng quvonarli holat shuki, biz 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. 

Biz rivojlanish jarayonidamiz. Bizga o‘zgarishlar rostdan ham kerak edi. Joriy mavsum og‘ir o‘tishi aniq, ammo har bir bahsda g‘alaba uchun kurashmoqdamiz. 

So‘nggi yillardagi natijalardan keyin, EChLda favorit emasligimiz tabiiy hol. Bizning ishimiz o‘z yo‘limizda rivojlanish. Yosh futbolchilarimiz ko‘p. Natijalar asta-sekin kelaveradi", - dedi ispaniyalik himoyachi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!