PFL rahbari: "Bu - so‘nggi 10 yillikning eng katta jangi bo‘ladi"

  • 27 mart, 14:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

PFL asoschisi Donn Devis amaldagi UFC chempioni Jon Jons (28-1-1 N/c) va kamerunlik Frensis Ngannu (18-3) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Jon Jons qanday qilib 50 million dollar olishini bilaman. Buning uchun, albatta, Ngannuga qarshi oktagonga chiqishi lozim. Kim eng zo‘ri ekanini aniqlash payti keldi. Bu MMA muxlislari uchun so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta jang bo‘ladi" - deb yozgan Devis X da.

Eslatib o‘tamiz, Jons "UFC 309" turnirida Stipe Miochichni 3-raundda texnik nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!