
PFL direktori lavozimiga nomzodni tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda (Foto)
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining yangilangan tarkibi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, O‘zPFL bosh direktorligi lavozimiga O‘FA prezidenti tomonidan taqdim etilgan Diyor Imomxo‘jayev nomzodini tasdiqlash hamda Liga kubogi musobaqasini tashkil etish masalalari muhokamaga qo‘yildi.
Fikrlar