
Petra Martich Turkiyada qancha ishlagani ma’lum bo‘ldi
Istanbul shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tgan "Istanbul Cup" turnirida xorvatiyalik Petra Martich g‘alaba qozondi.
Petra mazkur musobaqa finalida chexiyalik Marketa Vondroushovani uch setda 1:6, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "TEB BNP Paribas Istanbul Cup" bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Martich 280 reyting ochkosi hamda 43,000 AQSh dollari pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Fikrlar