
"Persepolis" ustozi Usmon Toshevning o‘rnini egallaydimi?
Ma’lumki, hamyurtimiz Usmon Toshev Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini yakunlaganidan keyin hali uning o‘rniga yangi murabbiy tayinlangani yo‘q.
Yahyo Gulmuhammadi esa Tojikiston terma jamoasini boshqarishi mumkin, deya “Varzish” telekanali xabar tarqatdi. Bu xususida murabbiy “Varzish” telekanali muxbiriga intervyu berish asnosida gapirib o‘tdi.
Eron terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda “Persepolis” klubini boshqarayotgan murabbiy jurnalistning Tojikiston milliy terma jamoasini boshqarish masalasida bergan savoliga mutaxassis quyidagicha javob qaytardi: “Ayni paytda men “Persepolis” futbol klubining ustozi hisoblanaman va amaldagi shartnomam nihoyasiga etishiga yana bir yil bor. Agar menga terma jamoani boshqarish yuzasidan jiddiy taklif keladigan bo‘lsa, buni albatta ko‘rib chiqishga tayyorman”.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalida Yahyo Gulmuhammadi boshchiligidagi “Persepolis” klubi Dushanbeda “Istiqlol” bilan bellashadi.
Fikrlar