
"persepolis" "paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
"Paxtakor" jamoasining OChL 1-turidagi raqibi "Persepolis" bugun o‘z maydonida "Sanat Naft" klubini qabul qildi. Tehrondagi muhtasham "Ozodi" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 21-daqiqada Ali Alipur tomonidan kiritildi.
Bugungi g‘alaba natijasida Branko Ivanovich shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 41 taga etdi va jamoa turnir jadvalida vaqtincha bo‘lsada, peshqadamga aylanib oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Persepolis" - "Paxtakor" o‘yini 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi va saytimiz orqali onlayn matnli translyatsiya qilinadi.
Eron Pro-ligasi. 20-tur
"Persepolis" - "Sanat Naft" 1:0
Gol: Ali Alipur (21).
Fikrlar