Perishichning "Bavariya"ga o‘tishi aniq bo‘ldi

  • 10 avgust, 2019, 17:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi vingeri Ivan Perishich tez orada "Bavariya"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini 5 mln evro evaziga bir yilga ijaraga olishadi. Kelishuvga ko‘ra ijara muddati yakunlangach nemis grandida ushbu futbolchini 20 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, Perishich “Inter” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 163ta o‘yinda maydonga tushdi va 40ta gol hamda 37ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!